TDSHU huzuridagi Konfutsiy Institutida Xitoy Yangi yilini nishonlash

Xitoy Yangi yilini nishonlash munosabati bilan YCT2 guruhi Dilshoda laoshi boshchiligida Xitoy anʼanalariga bagʻishlangan ijodiy mashgʻulot oʻtkazdilar.
Oʻquvchilar qizil qogʻozdan jianzhi usulida «喜» ieroglifini — quvonch va baxt ramzini kesib tayyorladilar. Shuningdek, bayramona chunlian uchun «福» (farovonlik) va «喜» (quvonch) ierogliflarini yozdilar.