YCT imtihoniga tayyorgarlik

Bolalar uchun xitoy tili

Ogʻzaki nutq, grammatika va YCT imtihoniga tayyorgarlikka yoʻnaltirilgan amaliy taʼlim.

Roʻyxatdan oʻtish

18 yildan beri xitoy tilini oʻqitamiz

10 000 dan ortiq bitiruvchilar, YCT 4 darajasigacha tayyorlaymiz

Kamida 5 yillik tajribaga ega oʻqituvchilar

YCT 4+ darajasi, asosiy eʼtibor ogʻzaki nutq va toʻgʻri talaffuz

YCT 1–4 barcha darajalariga tayyorlaymiz

Har bir daraja uchun 3 oy, guruhlar 20 kishigacha

YCT va HSK sertifikatlari oʻrtasidagi farq nima?

YCT (Youth Chinese Test) — boshlangʻich va oʻrta maktab oʻquvchilari uchun maxsus ishlab chiqilgan xalqaro xitoy tili imtihoni. U kundalik va oʻquv jarayonida xitoy tilidan foydalanish koʻnikmalarini baholaydi.

HSK va YCT oʻrtasidagi asosiy farq shundaki: HSK kattalar uchun moʻljallangan boʻlib, murakkabroq topshiriqlar va professional leksikani oʻz ichiga oladi. YCT esa aynan bolalar va oʻsmirlar uchun yaratilgan boʻlib, oʻyin elementlari va maktab mavzulari orqali xitoy tilini oʻrganishga yordam beradi.

Oʻquv dasturi

Biz nimalarni oʻrganamiz

  • 1 Gaplarning grammatik tuzilishi
  • 2 Dialog tuzish
  • 3 Fonetika asoslari, tonlar va tovushlar
  • 4 Tinglab tushunish va jonli nutq amaliyoti
  • 5 Ierogliflar va ularning tuzilishi

Taʼlim qanday oʻtadi

  • 1 Har bir daraja uchun 3 oy
  • 2 Haftasiga 3 marta, 1,5 soatdan
  • 3 Guruhlar 20 kishigacha
  • 4 Ogʻzaki nutq amaliyoti
  • 5 Kalligrafiya uchun daftar

Darslar qanday oʻtadi

Xitoy chhoy damlash marosimi

Bolalarni Xitoy choy ichish anʼanalari bilan tanishtiramiz: uning tarixi haqida soʻzlab beramiz, choy idish-tovoqlarini koʻrsatamiz va kichik degustatsiya oʻtkazamiz.

Xitoy chhoy damlash marosimi

"Xitoy kaligrafiyasi" toʻgaragi

Xitoy kaligrafiyasi — bu oddiy yozuv emas, balki chiziqlar estetikasi, diqqat, sabr va ruhiy osoyishtalikni birlashtirgan yuksak sanʼatdir. Dars jarayonida ishtirokchilar moʻyqalam bilan yozish asoslarini oʻrganadilar, klassik iyeroglif yozish uslublarini egallaydilar va har bir chiziqdagi uygʻunlikni his eta olish koʻnikmasini shakllantiradilar. Kaligrafiya insonda badiiy didni, diqqatni jamlash va sabr-toqatni rivojlantirishga xizmat qiladi.

"Xitoy kaligrafiyasi" toʻgaragi

Sport toʻgaraklari

Konfutsiy instituti har shanba kuni talabalar uchun sport mashgʻulotlarini tashkil etadi. Mashgʻulotlar quyidagi yoʻnalishlarda olib boriladi: voleybol, basketbol, stol tennisi, mini-futbol, badminton, shaxmat va shashka. Sport toʻgaraklari sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, jamoaviy ruhni mustahkamlash va boʻsh vaqtni foydali oʻtkazish imkonini beradi.

Sport toʻgaraklari

Oʻquvchilarimizni fikrlari

N
Natalya
21 fevral 2026
★★★★★

Oʻgʻlimiz yarim yildan beri qatnaydi — oʻqituvchilar aʼlo darajada, farzandimiz mashgʻulotlarga mamnuniyat bilan boradi.

A
Alisher
31 yanvar 2026
★★★★☆

Mashgʻulotlarning tashkil etilishi va muhit bizga juda yoqdi. Qizimiz katta yutuqlarga erishdi.

S
Sevara
19 mart 2026
★★★★★

Farzandimizga boʻlgan eʼtibor va madaniy elementlar bilan boyitilgan qiziqarli dastur uchun rahmat.

D
Dilshod
14 aprel 2026
★★★★★

Oʻgʻlimiz endigina boshladi, ammo allaqachon ilk iboralarni oʻrgandi. Suhbat va talaffuzga alohida eʼtibor qaratilgani juda yaxshi.

M
Madina
29 aprel 2026
★★★★☆

Qulay jadval va oʻrtacha narx. Oʻqituvchi har bir bolaga yondashuv topadi.

Bepul sinov darsiga yoziling

  • ✓ Oʻqituvchilar bilan tanishtiramiz
  • ✓ Oʻquv dasturi haqida maʼlumot beramiz
  • ✓ Qulay dars jadvalini tanlab beramiz
Roʻyxatdan oʻtish

Savolar va javoblar

Bolalarni necha yoshdan qabul qilasiz?
Biz 9 yosh va undan katta bolalar bilan ishlaymiz dastur guruh darajasiga moslashtirilgan.
Bitta dars qancha davom etadi?
Bir dars haftasiga 3 marta, 1,5 soatdan iborat.
Kursni oʻrtasida roʻyxatdan oʻtish mumkinmi?
Ha, lekin biz bola ortda qolmasligi uchun guruh tanlashga harakat qilamiz.
Kursdan soʻng sertifikat beriladimi?
Har bir daraja oxirida ichki sertifikat beriladi; HSK uchun imtihondan soʻng rasmiy sertifikat beriladi.
Sinov darsi qanday ishlaydi?
Oʻqituvchi bilan bepul tanishuv, dastur haqida maʼlumot va jadvalni tanlash