HSK Standard Course (Jiang Liping)
Hanban tomonidan tasdiqlangan ushbu oʻquv-metodik kurs BLCUP nashriyoti hamda Chinese Testing International (CTI) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Kurs 15 yoshdan katta oʻquvchilar va kattalar uchun moʻljallangan boʻlib, materiallar haqiqiy HSK test topshiriqlari asosida yaratilgan. U imtihon mazmuni, formati va murakkablik darajasiga toʻliq mos keladi. HSK Standard Course nafaqat Konfutsiy institutlari, balki boshqa taʼlim muassasalari va mustaqil oʻrganish uchun ham qulay.
Toʻplam quyidagi jildlardan iborat:
- HSK 1 Standart kurs — Darslik + Ish daftari
- HSK 2 Standart kurs — Darslik + Ish daftari
- HSK 3 Standart kurs — Darslik + Ish daftari
- HSK 4 Standart kurs — Darslik + Ish daftari
- HSK 5 Standart kurs — Darslik + Ish daftari
- HSK 6 Standart kurs — Darslik + Ish daftari
TDSHU huzuridagi Konfutsiy institutida HSK 1–6 darajalari boʻyicha taʼlim olib boriladi.
YCT Standard Course (Jiang Liping)
Hanban tomonidan tasdiqlangan va BLCUP nashriyoti hamda Chinese Testing International (CTI) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan oʻquv-metodik kurs. U 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan boshlangʻich va oʻrta sinf oʻquvchilari uchun moʻljallangan. Materiallar haqiqiy YCT test topshiriqlari asosida tayyorlangan boʻlib, imtihon mazmuni, formati va murakkablik darajasiga mos keladi. YCT Standard Course Konfutsiy institutlari, boshqa taʼlim muassasalari hamda mustaqil oʻrganish uchun qulay.
Toʻplam quyidagi jildlardan iborat:
- YCT 1 Standart kurs — Darslik + Ish daftari
- YCT 2 Standart kurs — Darslik + Ish daftari
- YCT 3 Standart kurs — Darslik + Ish daftari
- YCT 4 Standart kurs — Darslik + Ish daftari
- YCT 5 Standart kurs — Darslik + Ish daftari
- YCT 6 Standart kurs — Darslik + Ish daftari
TDSHU huzuridagi Konfutsiy institutida YCT 1–4 darajalari boʻyicha oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan.
Xitoy tilini oʻrganish uchun tavsiya etilgan ilovalar
Bugungi kunda xitoy tilini oʻrganish jarayoni butun dunyo boʻylab keng ommalashmoqda.
Quyida Konfutsiy instituti oʻqituvchilari tomonidan tavsiya etilgan eng samarali mobil ilovalar roʻyxati keltirilgan.
Ular soʻz boyligini oshirish, iyeroglif yozish va kaligrafiyani mashq qilish, shuningdek, tinglab tushunish koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Tavsiya etilgan ilovalar:
- Pleco — xitoycha-inglizcha elektron lugʻat
- Trainchinese — xitoycha-inglizcha interaktiv lugʻat
- HelloChinese — xitoy tilini oʻrganish uchun interaktiv oʻquv ilovasi
- Chinese Strokes — xitoy iyerogliflarini yozish va kaligrafiya mashqlari uchun ilova