Sizga HSK imtihoni 2026-yil 28 -29 noyabr, shanba va yakshanba kuni bo‘lib o‘tishini eslatib o‘tamiz.
Imtihon boshlanishidan kamida 1 soat oldin kelishingizni so‘raymiz.
O‘zingiz bilan imtihon ruxsatnomasi(准考证 / Test Admission Ticket), shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasini olib kelishingiz shart. Aynan ro‘yxatdan o‘tishda foydalangan hujjatingizni (ID-karta, pasport yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma). Imtixonga kirish ruxsatnomasini albatta olib kelishingiz kerak.
O‘zingiz bilan olib kelishingiz zarur:
▪️ 2B qalam
▪️ Ruchka
▪️ O‘chirg‘ich
▪️ Qalam ochg‘ich
Barchangizga omad tilaymiz!