Bugun KI ga 2020–2022-yillarda tahsil olgan oʻquvchimiz (bizda sobiq oʻquvchilar boʻlmaydi 😊) Baxtiyorov Abdulbosit tashrif buyurdi. Albatta, siz bu intiluvchan yosh yigitni yaxshi eslaysiz — u “Xitoy tili koʻprigi – 2022” tanlovining Gran-pri sohibi.
Konfutsiy institutlari grant dasturi asosida u hozirda XXRning yetakchi va nufuzli oliygohlaridan biri — Shanxay Iqtisodiyot va Moliya Universitetida (SUFE) tahsil olmoqda. Biz uning yutuqlari bilan faxrlanamiz! Abdulbosit SUFEning rasmiy talaba elchisi etib tayinlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasining Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Xitoyda tahsil olayotgan Oʻzbekiston yoshlari bilan ishlash faoliyatiga jalb etilgan.
Abdulbositga oʻqishda muvaffaqiyatlar va kelajakda ulkan yutuqlar tilaymiz!
TDSHU huzuridagi Konfutsiy instituti jamoasi eʼtibor uchun minnatdor va oʻquvchilarining tashrifidan doimo mamnun. Siz bilan faxrlanamiz!