Muhim eʼlon: oʻquv yili nihoyasiga yetdi; yangi oʻquv yiliga roʻyxatdan oʻtish haqida maʼlumot

TDSHU huzuridagi Konfutsiy institutining hurmatli tinglovchilari!

Sizga joriy oʻquv yili oʻz nihoyasiga yetayotganini maʼlum qilamiz. 2026-yil 27-iyun – koʻpchilik guruhlar uchun darslarning soʻnggi kuni.
Istisno: iyun oyida ochilgan yangi guruh tinglovchilari iyul va avgust oylarida oʻqishni odatdagi tartibda davom ettiradilar.

Yangi oʻquv yiliga roʻyxatdan oʻtish haqida maʼlumot:
Hujjatlarni qabul qilish va yangi oʻquv yiliga roʻyxatdan oʻtish 2026-yil 15-avgustdan boshlanadi.                                                                                          Muhim: Yangi oʻquv yilida oʻqish yangi shartnomalar asosida amalga oshiriladi.Guruhlarga taqsimlash jarayonini optimallashtirish uchun 2026-yil iyun oyida oʻtkazilgan ichki imtihon natijalari koʻrsatilgan sertifikatni oʻzingiz bilan olib kelishingizni soʻraymiz.

 

Hurmat bilan,
TDSHU Konfutsiy instituti maʼmuriyati