AZIMUT Grand Hotel Tashkent mehmonxonasida Xitoy–O‘zbekiston an’anaviy tibbiyot madaniyati haftaligi ochildi

Dasturda mavzuli ma’ruzalar, ilmiy seminarlar va Xitoy an’anaviy tibbiyoti hamda madaniyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar o‘tkaziladi.

🎎 Konfutsiy instituti o‘qituvchilari va talabalari uchun choy marosimi, xattotlik, an’anaviy xushbo‘y xaltachalar tayyorlash, xanfu namoyishi va boshqa madaniy tadbirlar tashkil etiladigan maxsus Xitoy madaniyati hududi yaratiladi.