
Xitoy Yangi yilini nishonlash munosabati bilan YCT2 guruhi Dilshoda laoshi boshchiligida Xitoy anʼanalariga bagʻishlangan ijodiy mashgʻulot oʻtkazdilar.
Oʻquvchilar qizil qogʻozdan jianzhi usulida «喜» ieroglifini — quvonch va baxt ramzini kesib tayyorladilar. Shuningdek, bayramona chunlian uchun «福» (farovonlik) va «喜» (quvonch) ierogliflarini yozdilar.