Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – universitet rektori Dr. Umarova Hilola rahbarligida tashkil etilgan ushbu tadbirda bitiruvchilar, universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar va faxriy mehmonlar jam boʻlishdi. Mazkur tantanali kechada taklif etilgan mehmonlar qatorida KI direktorlari: Saodat Nasirova va Liyo Syaoyan ham ishtirok etdi.
Ushbu maxsus tadbir bitiruvchilarning akademik yutuqlarini nishonlash hamda pedagogik taʼlimni rivojlantirish yoʻlidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash uchun muhim maydon boʻlib xizmat qildi