Mart oyi HSK imtihonlariga roʻyxatga olish jarayoni boshlandi

 

HSK – XITOY TILI DARAJA IMTIHONIGA ROʻYXATGA OLISH BOSHLANDI
TDSHU huzuridagi Konfutsiy Institutida 2026-yil 22–mart kuni HSK daraja imtihonlari  oʻtkaziladi.

I. Imtihon darajalari va sanasi:

Yozma: HSK1 darajasidan HSK6 darajasigacha
Ogʻzaki: HSKK boshlangʻich, oʻrta va yuqori(初级、中级、高级)

Imtihon sanasi: 2026 yil 22-mart(yakshanba)

II. Imtihon oʻtkazish manzili:

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur koʻchasi 26. TDSHU Konfutsiy Instituti binosi.
(auditoriyalar haqida qoʻshimcha maʼlumot imtihon kunidan oldin eʼlon qilinadi)

III. Roʻyxatdan oʻtish 3 qadami:

     1.Imtihonda qatnashmoqchi boʻlgan talabgorlar

https://www.chinesetest.cn sayti orqali roʻyxatdan oʻtishlari kerak.

Roʻyxatdan oʻtish oxirgi muddati:2026-yil 20-fevral 17:00 gacha.

      Agar onlayn roʻyxatdan oʻtishda muammolar boʻlsa, tegishli hujjatlarni tayyorlab, Telegram orqali (+998951935688) raqamiga yuborishingiz yoki ish kunlari (seshanba, payshanba, shanba) soat 14:00 dan 17:00 gacha Konfutsiy instituti ofisiga kelib, xodimlar yordamida roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

     2. Saytda akkaunt ochib, shaxsiy maʼlumotlaringizni kiriting va oq fonda tushgan rangi tiniq rasmingizni yuklang (hajmi:15K-500K).

     3.Roʻyxatdan muvaffaqiyatli oʻtgach, imtihon toʻlovini amalga oshirish uchun TDSHU Konfutsiy Instituti masʼullari tomonidan taqdim etilgan bank rekvizitlarini olib OʻzR banklaridan bittasida toʻlovni amalga oshirish lozim.

Toʻlov kvitansiyasi  nusxasini TDSHU Konfutsiy Instituti masʼuliga +998951935688 telegrammiga yuborish shart (elektron). Toʻlov tasdiqlangach, roʻyxatdan oʻtish jarayoni toʻliq yakunlangan hisoblanadi.

IV. Imtihon narxlari va vaqtlari:

级别

考试服务费 (苏姆

考试时间

HSK一级

242.000

13:30

HSK二级

424.000

9:00

HSK三级+口语初级

1.029.000

13:30

HSK四级+口语中级

1.392.000

9:00

HSK五级+口语高级

1.755.000

13:30

HSK六级+口语高级

1.937.000

9:00

HSKK初级

424.000

15:40

HSKK中级

605.000

11:25

HSKK高级

787.000

16:40

V. Muhim eslatmalar

1. Talabgor shaxsini tasdiqlovchi hujjat (xorijga chiqish pasporti yoki milliy ID karta/tugʻilganlik guvohnomasi) boʻlishi shart.
2. Roʻyxatdan oʻtishda kiritilgan maʼlumotlaringizni diqqat bilan tekshirib chiqing.
3. www.chinesetest.cn saytida oldindan test tartibi va savol turlari bilan tanishib chiqing.
4. Barcha ishtirokchilar imtihon tartib-qoidalariga rioya qilishlari shart.

Qoidabuzarlik holatlari aniqlansa natijalar bekor qilinadi.

Murojaat uchun telefonlar:
+998951935688
Email: hsk.konfutsiy@gmail.com