Toshkentda keng koʻlamli 2026-yilgi Hamjihatlik va hamkorlik sivilizatsiyalari forumi boʻlib oʻtdi. Ushbu nufuzli xalqaro tadbirning bosh tashkilotchilari — Xalqaro konfutsiychilik assotsiatsiyasi (XKA), Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDSHU) va TDSHU huzuridagi Konfutsiy Instituti.
2020-yilda tashkil etilgan Forum shu vaqtgacha Pekin, Tokio, Singapur, Parij va Bangkok kabi jahon megapolislari mezbonligida oʻtkazilgan edi. Tadbirning Toshkentga koʻchirilishi Oʻzbekistonning Buyuk ipak yoʻlining muhim chorrahasi va zamonaviy Yevroosiyo integratsiyasining eng yetakchi markazi sifatidagi strategik rolini yana bir bor tasdiqlandi.Forum tadbirlari TDShU huzuridagi Konfutsiy instituti hamda «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida boʻlib oʻtdi.