
Shinszyan jamoat fanlari akademiyasi vakillari (Sinszyan hududida iqtisodiyot, tarix, din va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi ilmiy-tadqiqot muassasasi) TDSHU huzuridagi Konfutsiy Institutiga tashrif buyurishdi. Uchrashuv davomida fan, madaniyat hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari boʻyicha fikr almashildi.