Malaka oshirish dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi

Bugun “Taʼlim sohasida sunʼiy intellektdan foydalanish” mavzusida Oʻzbekiston Respublikasidagi sinolog-oʻqituvchilar uchun malaka oshirish dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu dastur Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vazirligi huzuridagi Xalqaro til almashinuvi boʻyicha hamkorlik jamgʻarmasi, TDSHU huzuridagi Konfutsiy instituti hamda SamDChTI huzuridagi Konfutsiy instituti tomonidan tashkil etildi.

Mazkur dastur sinologiya sohasida taʼlimda sunʼiy intellektdan foydalanish mavzusiga bagʻishlangan dunyodagi birinchi dastur hisoblanadi!