Xalqaro tanlovdagi gʻalaba

2025 yil 24–25 oktabr kunlari Tojikiston Respublikasining Tojikiston Milliy Universiteti Konfutsiy Institutida boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo xitoy tili mahorat ustozlari” xalqaro tanlovida. Markaziy Osiyodagi 14 ta Konfutsiy institutidan 11 nafar mahalliy xitoy tili ustozlari “Xitoy tili mahorat ustozi” nominatsiyasi boʻyicha ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga koʻra, 2025 yil 10–20 dekabr kunlari Pekin pedagogika universitetida boʻlib oʻtgan yakuniy bosqich xalqaro mahorat darslari dasturida TDSHU huzuridagi Konfutsiy institutidan oʻqituvchi Kuralova Jansoya 20 dan ortiq davlatlardan kelgan 50 nafar Konfutsiy instituti vakillari qatorida “Eng ilgʻor mahorat darsi kuzatuvchisi” nominatsiyasida ishtirok etdi