07.11.26. Respublika bolalar kutubxonasi rahbariyati taklifiga binoan, KI o’qituvchilari interaktiv dars o’tkazishdi. Chet tilida birgalikda kitob o’qish va muhokama qilish — erta yoshdan til muhitiga moslashishning samarali vositasidir. Uchrashuv doirasida KI o’qituvchilari bolalar bilan birgalikda «Qizil va sariq rang» (《红色和黄色》) kitobi asosida interaktiv mashg’ulot o’tkazdilar. Mashg’ulot kognitiv rivojlanish, xitoy tilida jonli muloqot va mavzuga oid topshiriqlarni o’z ichiga oldi.