Fudan universiteti delegatsiyasi Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tashrif buyurdi

30.10.26. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Xitoyning Fudan universiteti Xorijiy tillar va adabiyot instituti delegatsiyasining tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar akademik hamkorlik istiqbollari hamda xalqaro ta’lim aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.