TDSHU huzuridagi KI oʻquvchilari 10 kunlik yozgi oromgoh dasturida qatnashish uchun Xitoyga yoʻl olishdi

9.07.2026 yil. TDSHU huzuridagi KI oʻquvchilari XXR Lanchjou Universiteti tomonidan tashkil etilgan 10 kunlik yozgi oromgoh dasturida qatnashish uchun Xitoyga yoʻl olishdi. Barcha ishtirokchilar HSK/HSKK (B1) darajasi boʻyicha yuqori ball egalari hamda KI maʼnaviy-madaniy hayotida faolligi bilan alohida oʻrin egallagan talabgorlardir. Omadli va maroqli malaka oshirishlariga tilakdoshmiz. Koʻrishguncha!