XXR Chingdao universitetida boʻlib oʻtayotgan «Xitoy tili taʼlimi – xitoy tili ustozi» malaka oshirish kursida oʻqituvchilarimiz qatnashdilar

KI professor-oʻqituvchilari 2026-yil 29.06-12.07 kunlari XXR Chingdao universitetida boʻlib oʻtayotgan «Xitoy tili taʼlimi – xitoy tili ustozi» malaka oshirish kursida ishtirok etishmoqda. Ushbu malaka oshirish kursida xitoy tili oʻqitish asoslari,  chet tili oʻqitishda taʼlim texnologiyasi, sunʼiy intellekt, psixologik maslahatni qoʻllash samaradorligi, Xitoy madaniyati, tabobati kabi mavzularda maʼruzalar tashkil etilgan.