“Xitoy – Markaziy Osiyo” innovatsiyalar va startap tanloviga qabul ochildi

Markaziy Osiyo va Xitoy oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan Innovatsion va tadbirkorlik loyihalari xalqaro tanloviga roʻyxatdan oʻtish boshlanganligi haqida xabar beramiz. Ariza qabul qilish 2025 yil 7 iyungacha quyidagi havola orqali davom etadi: https://centralasia.pilcchina.org

Tanlovning maqsadi  talaba tashabbuslarini rivojlantirish, mintaqa universitetlari va Xitoy oʻrtasidagi akademik hamda ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek yosh muallif va jamoalarga oʻz loyihalarini xalqaro miqyosda taqdim etish imkoniyatini berish. Texnologiya, biznes, ijtimoiy innovatsiyalar va barqaror rivojlanish sohalarini qamrab olgan barcha yoʻnalishlar boʻyicha tayyorgarlik koʻrgan jamoalar ishtirok etishga taklif etiladi.

Ishtirokchilarni tanlash bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Topshirilgan arizalar 8 dan 10 iyungacha koʻrib chiqiladi, loyihalarni onlayn baholash 11 dan 15 iyungacha davom etadi. Yakuniy bosqich iyun oyining oxirida Toshkentda boʻlib oʻtadi. Yakuniy bosqichga oʻtgan jamoalarning transport xarajatlari tashkilotchi tomonidan toʻliq qoplanadi.

Biriktirilgan fayllar

China–Central_Asia_College_Students_Innovation_and_startup_Competition-1.pdf 3 MB
Yuklab olish
China–Central_Asia_College_Students_Innovation_and_startup_CompetitionRussian-1.pdf 3 MB
Yuklab olish