“Xitoy tili koʻprigi – 2026” tanlovining final bosqichi oʻtkazildi

02.05.2026 yil. Oʻzbekiston Respublikasi maktab va litsey oʻquvchilari oʻrtasida xalqaro “Xitoy tili koʻprigi – 2026” tanlovining Oʻzbekiston Respublikasi final bosqichi oʻtkazildi. Mazkur tanlovda Respublikamizning 10ta maktab va litseylari nomidan 10 nafar ishtirokchi bellashdi.Tanlovning 3 bosqichli shartlari ( monolog, savol-javov va ijodiy chuqish) natijalari asosida TDSHU huzuridagi Konfutsiy Instituti tinglovchisi, Toshkent sh.Shayxontohur tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 7-sinf oʻquvchisi Norkuliva Shahrizoda gran-pri sohibasi nomiga sazovor deb topildi.

Norkulova Shahrizoda XXRda boʻlib oʻtadigan XIX Butunjahon “ Xitoy tili koʻprigi-2026” tanlovida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan maktab yoshidagi xitoyshunos vakil sifatida ishtirok etadi!

Norkulova Shahrizodani samimiy tabriklaymiz va xalqaro bellashuvda omad tilab qolamiz! 加油!