”Sheʼrni tana tili orqali oʻrganish va ifodali deklamatsiya” mahorat darsi oʻtkazildi

Festival doirasida ”Sheʼrni tana tili orqali oʻrganish va ifodali deklamatsiya” mavzusida qiziqarli va interaktiv mahorat darsi oʻtkazildi.

Mazkur mashgʻulot davomida ishtirokchilar sheʼrni nafaqat yod olish, balki uni his etish, mazmunini tana harakatlari, imo-ishoralar va ifoda orqali yetkazishni oʻrgandilar. Bu esa sheʼriyatni yanada jonli va taʼsirchan qilishga xizmat qildi.