Xitoy sheʼriyatini ifodali oʻqish festivali hamda Xitoy xattotligi va dizayni xalqaro koʻrgazmasiga taklif qilamiz

Maʼlumki, BMT qarori bilan 20-aprel sanasi butun dunyoda “Xalqaro xitoy tili kuni” sifatida keng nishonlanadi. Ushbu bayram arafasida tashkil etilayotgan “Sheʼr taʼrifida toʻrt dengiz uchrashuvi” hamda Xitoy ierogliflari sanʼati va dizayni namoyishi biz uchun katta ahamiyatga ega. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Konfutsiy instituti dunyoda eng birinchi tashkil etilgan maskanlardan biri sifatida shunday nufuzli tadbirga mezbonlik qilayotganidan mamnunmiz.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi”da yoshlarimizning kamida ikkita xorijiy tilni mukammal egallashi ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Xorijiy tillarni oʻrganish faqatgina muloqot vositasi emas, balki jahon ilm-fani va madaniyati eshiklarini ochish demakdir. Ana shunday madaniy-maʼrifiy tadbirlar talabalarimizning xitoy tiliga boʻlgan qiziqishini oshiradi, til ortidagi boy sanʼat va falsafani chuqurroq anglashiga xizmat qiladi.

Biriktirilgan fayllar

дастур-узб.docx 16 KB
Yuklab olish
(新)开幕式活动流程.docx 12 KB
Yuklab olish