Mavzu: “Xitoy tili: rang-barang orzularni yoqib”
Tanlov mazmuni
Ishtirokchilardan xitoy tilida oʻz mamlakatiga xos boʻlgan biror buyum haqida hikoya qiluvchi video tayyorlash soʻraladi. Bu oddiy buyum boʻlishi mumkin, ammo u madaniy maʼno yoki shaxsiy xotiralarni aks ettirishi kerak.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
1. Butun dunyodagi xitoy tili oʻrganuvchilari va madaniyatlararo muloqot ishqibozlari.
2. Muhim: Ishtirokchining ona tili xitoy tili boʻlmasligi va u XXR fuqarosi boʻlmasligi kerak.
3. Voyaga yetmaganlar vasiylarining roziligini olishlari shart.
4. Yakkaxon va jamoaviy (tashkilot yoki oila) shaklda ishtirok etish mumkin.
Videoga qoʻyiladigan talablar
• Til: faqat xitoy tili
• Format: kreativ qisqa video, vlog yoki mini-hujjatli film
• Texnik talablar: gorizontal format, MP4 yoki MOV, 1920×1080
• Davomiyligi: 1–3 daqiqa
• Subtitrlar: standart xitoycha subtitrlar (ekranning pastki qismida)
• Maxsus shart: video oxirida tomoshabinlarga savol berilishi kerak
Muddatlar va topshirish
• Qabul muddati: 2026-yil 16-apreldan 15-maygacha (Pekin vaqti bilan)
• Topshirish sayti: xwjdsj.chineseplus.net
Mukofotlar
1-, 2-, 3-oʻrin sohiblari sertifikat va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, “Eng yaxshi montaj”, “Eng yaxshi ustoz” va “Tomoshabinlar eʼtirofi” nominatsiyalari mavjud.
Barcha ishtirokchilarga elektron sertifikat beriladi.