«Mahalliy xitoyshunoslarning sunʼiy intellekt yordamida dars oʻtish mahoratini oshirish» dasturi yakulandi

28.02.2026 y. TDSHU huzuridagi KI da 6-10.01.2026 y. “ Mahalliy xitoyshunoslarning sunʼiy intellekt yordamida dars oʻtish mahoratini oshirish” mavzusida oʻtkazilgan qisqa muddatli malaka oshirish dasturi yakunlanishi boʻyicha XXR Taʼlim Vazirligi tomonidan taqdim etilgan malaka sertifikatlari mutaxassislarga topshirildi.  Respublikamiz yetakchi davlat va xususiy OTMlarning 67 nafar sinologlari ( Toshkent, Toshkent viloyati,Samarqand, Fargʻona, Nukus, Buxoro, Urgench, Qoʻqon, Navoy) malaka oshirish kurslarida olgan bilim-koʻnikmalarini oʻz amaliyotlarida samarali qoʻllab kelayotganliklari va kelgusida ham bu mavzudagi seminarlarda qatnashish niyatlari borligini bildirdilar. Sunʼiy intellektdan oqilona foydalanish davr talabi ekanligi yana bir bora qayd etildi!