Xitoy tili

Xitoy tili — kelajak tili

Xitoy tili dunyodagi eng qadimgi va noyob tillardan biri boʻlib, unda 1,4 milliarddan ortiq kishi soʻzlashadi. Bu uni ona tilida soʻzlashuvchilar soni boʻyicha eng keng tarqalgan tilga aylantiradi. Bugungi kunda xitoy tilini bilish inson oldiga yangi ufqlarni ochadi — yuqori malakali kadr boʻlib shakllanishdan va biznesdan tortib madaniy almashinuv va shaxsiy rivojlanishgacha.

TDSHU huzuridagi Konfutsiy instituti xitoy tilini oʻrganishni qulay va qiziqarli qiladi. Bizning kurslarimiz barcha yoshdagilar va barcha darajalar uchun ishlab chiqilgan — YCTda ilk qadamlarini qoʻyayotgan bolalardan tortib HSK imtihonlariga tayyorgarlik koʻrayotgan kattalargacha.

Bolalar uchun xitoy tili

Bolalar uchun xitoy tili kurslari qiziqarli YCT dasturi boʻyicha olib boriladi. Darslar haftasiga 3 marta tajribali oʻqituvchilar bilan oʻtkaziladi. Kurs davomiyligi YCT darajasiga bogʻliq.

Batafsil >

Kattalar uchun xitoy tili

Kattalar uchun kurs HSK 1–6 darajalariga tayyorgarlikni oʻz ichiga oladi. Darslar haftasiga 3 marta HSK darajasiga qarab (1 dan 6 gacha) ilgʻor metodika boʻyicha oʻtkaziladi.

Batafsil >

HSK, HSKK, YCT imtihonlariga tayyorgarlik

HSK, HSKK va YCT — tilni bilish boʻyicha xalqaro imtihonlar. Sertifikatlarga ega boʻlish xorijiy talabalarning Xitoy universitetlariga va oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilinish jarayonini, shuningdek, ishga olinishni yengillashtiradi.

Batafsil >

Konfutsiy institutidagi toʻgaraklar

Toshkentdagi Konfutsiy institutida talabalar nafaqat xitoy tilini oʻrganadilar, balki rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar ham topadilar. Qoʻshimcha toʻgaraklar oʻqish jarayonini yanada qiziqarli qiladi.

Batafsil >

Tez-tez beriladigan savollar

Sizlarda ona tilida soʻzlashadigan oʻqituvchilar bormi?
Ha, bizda mahalliy oʻqituvchilar ham, ona tili xitoy tili boʻlgan oʻqituvchilar ham dars berishadi.
Necha yoshdan oʻquvchilarni qabul qilasizlar?
Biz 8 yoshdan boshlab oʻquvchilarni qabul qilamiz. Bolalar guruhlari ham, kattalar guruhlari ham mavjud.
HSK nima va qanday afzalliklar beradi?
HSK — xitoy tilini xorijiy til sifatida bilish darajasini tasdiqlaydigan xalqaro rasmiy imtihon. U Xitoy xalqaro til imtihonlari markazi tomonidan oʻtkaziladi va dunyo boʻylab taʼlim muassasalari hamda ish beruvchilar tomonidan tan olinadi.
Xitoyda yozgi lager oʻtkaziladimi?
Ha, bizda Xitoyda yozgi lagerda ishtirok etish imkoniyati mavjud.
Oʻqish qancha vaqt davom etadi?
HSK darajasiga qarab oʻqish 2 oydan 1 yilgacha davom etadi.
Xitoy elchixonasi orqali taqdim etiladigan taʼlim grantlarida ishtirok etish mumkinmi?
Ha. Elchixona tomonidan beriladigan kvotalar asosida har yili Konfutsiy instituti tomonidan 3 nafar nomzod koʻrsatiladi (ularning til darajasi, akademik natijalari va Konfutsiy institutining madaniy-maʼrifiy faoliyatidagi faolligi hisobga olinadi).